DAVLAT
BOJXONA QO'MITASI HUZURIDAGI
Asosiy ma'lumotlar hamda taklif va murojaatlar
Bojxona deklaratsiyasi hujjatlarni tuzish va konsalting xizmatlarini ko'rsatish
Lorem ipsum dolor sit amet consectetur adipisicing elit. Architecto, asperiores.
Lorem ipsum dolor sit amet consectetur adipisicing elit. Architecto, asperiores.
Lorem ipsum dolor sit amet consectetur adipisicing elit. Architecto, asperiores.
Lorem ipsum dolor sit amet consectetur adipisicing elit. Architecto, asperiores.
Lorem ipsum dolor sit amet consectetur adipisicing elit. Architecto, asperiores.
Lorem ipsum dolor sit amet consectetur adipisicing elit. Architecto, asperiores.
Lorem ipsum dolor sit amet consectetur adipisicing elit. Architecto, asperiores.
Lorem ipsum dolor sit amet consectetur adipisicing elit. Architecto, asperiores.
Lorem ipsum dolor sit amet consectetur adipisicing elit. Architecto, asperiores.
Lorem ipsum dolor sit amet consectetur adipisicing elit. Architecto, asperiores.
Lorem ipsum dolor sit amet consectetur adipisicing elit. Architecto, asperiores.
Lorem ipsum dolor sit amet consectetur adipisicing elit. Architecto, asperiores.
Bojxona-servis davlat muassasasining taqdim etadigan xizmat turlari
Davlat tashkilotlari va deklarantlar uchun shartnoma asosida bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarni tuzish, davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etish hamda tovarlarga doir bojxona rasmiylashtiruvi bo'yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan olib qo'yilgan va davlat daromadiga o'tkaziladigan mol-mulkni saqlash va sotish (qonunchilik hujjatlarida boshqa davlat organlarga beriladigan mol-mulklar bundan mustasno)
Davlat bojxona xizmati organlariga tegishli bo'lgan omborlarda shartnoma asosida bojxona omborlari faoliyatini tashkil etish, bojxona omborlarida tovarlarni saqlash, yuklash, tushirish xizmatlarini ko'rsatish hamda boshqa yuk operatsiyalarini amalga oshirish
Biz sizga eng yaxshi va sifatli mahsulotlarimizni hamyonbop narxlarda taklif qilamiz
O'tkazilgan islohotlar va yangiliklar
Qoʻmita Raisi A.Mavlonov mehmonlarni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, Anis Rizana xonim Malayziya bojxona xizmatining Oʻzbekistonga tashrif buyurgan ilk rahbari boʻlganini eʼtirof etdi.
Muhtaram Prezidentimizning shu yilning fevral oyida Malayziyaga amalga oshirgan tashriflari davomida 2025-2026-yillar “Oʻzbekiston - Malayziya sherikligini innovatsion rivojlantirish davri” deb eʼlon qilingan edi.
Bu esa ikkala davlat oʻrtasida barcha yoʻnalishlarda, shu jumladan bojxona xizmatlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga asosiy turtki boʻlmoqda.
Uchrashuvda bojxona organlari faoliyatiga joriy qilingan Malayziyaning “Milliy yagona oyna” hamda Oʻzbekistonning
“Yagona darcha” axborot tizimlari yuzasidan oʻzaro tajriba almashish, shu orqali Oʻzbekistonda 2027-yilga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan
“GATE” platformasini yanada mukammal ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.
Taʼkidlanganidek, Malayziya bilan tobora oʻsib borayotgan tashqi savdo aylanmasi tovarlarning bojxona rasmiylashiruvini yanada tezlashtirishni taqozo qilmoqda.
Shu maqsadda Oʻzbekiston tomoni eksport mahsulotlari va ularning kelib chiqish mamlakatini tasdiqlovchi sertifikatlar haqida
oldindan maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyishni hamda ikkala davlat oʻrtasida vakolatli iqtisodiy operatorlarni oʻzaro tan olish takliflarini ilgari surdi.
▶️Bugun poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida “Mahalliy kontentni oshirishda importni optimallashtirish”
mavzusiga bag‘ishlangan “Uzbek Import Fair 2025” birinchi xalqaro ko‘rgazmasi tantanali tarzda o‘z ishini boshladi.
▶️Mazkur nufuzli tadbirning eng muhim jihatlaridan biri — unda nafaqat qo‘shni davlatlar, balki AQSH, Vengriya, Koreya, Misr,
Ozarbayjon, Pokiston, Slovakiya, Quvayt va Yaponiya kabi mamlakatlardan qariyb 30 ta yirik xorijiy kompaniya vakillari ishtirok etish istagini bildirgan.
Bu esa mazkur ko‘rgazmaning nafaqat milliy miqyosda, balki xalqaro hamkorlik maydoniga aylanib borayotganini yaqqol namoyon qilmoqda.
▶️Ko‘rgazmada sanoatning 24 yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyati yuqori,
biroq hozircha import hajmida ustun bo‘lgan 3 mingdan ortiq turdagi mahsulotlar taqdim etilyapti.
▶️Shu tariqa, “Uzbek Import Fair 2025” nafaqat import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni targ‘ib etish,
balki xorijiy sarmoyadorlar bilan yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda ham muhim platforma vazifasini o‘tamoqda.
👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
Fargʻona,
Namangan,
Buxoro,
Andijon,
Sirdaryo,
Surxondaryo va
Samarqand viloyati bojxona boshqarmalariga biriktirilgan maktablarning fidoiy oʻqituvchilariga bayram sovgʻalari ulashildi.
Toshkent shahri,
Buxoro va
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan faxriy ustozlar yod etilib, ular holidan xabar olindi.
Qarshi shahridagi bolalar “Muruvvat” internat uyi pedagoglari
hamda tarbiyalanuvchilariga bojxonachilarning samimiy tabrigi yoʻllandi.
Samarqand xalqaro aeroportida bojxona organlarida
uzoq yillar fidokorona xizmat qilgan faxriylar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Yig‘ilishda Kengash faoliyatiga doir hisobot va 2026-yil uchun chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi, kun tartibida 16 ta amaliy va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlash joizki, ko‘rib chiqilgan asosiy masalalardan 2 tasi bevosita O‘zbekiston tashabbusi bilan kiritilganini inobatga olsak,
Bojxona qo‘mitasining Kengashdagi ishtiroki va roli tobora oshib bormoqda.
Mazkur masalalar xalqaro yuk tashish uchun vaqtinchalik olib kirilgan konteynerlarga nisbatan bojxona nazoratini tashkil etish
hamda MDH davlatlari bojxona hududlari orqali tranzit tarzida o‘tayotgan tovarlar va transport vositalari haqidagi o‘zaro ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.
Bundan tashqari 81-uchrashuvda gibrid avtomobillar, mebel uchun gazli tayanchlar,
quyosh panellarini yo‘naltirish va harakatlantirish uchun avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari hamda ko‘p tarifli hisoblagichlarni
tasniflash va ularning bojxona nazorati yuzasidan o‘zaro fikr va tajribalar almashildi.
Dushanbe uchrashuvining amaliy natijalaridan biri shuki, tomonlar MDHga a’zo davlatlar bojxona xizmatlarining bojxona maqsadlari uchun
Ekspertiza va tadqiqotlar markazi to‘g‘risidagi Bitimni imzolashdi.
Yig‘ilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi bojxona xizmati rahbarlari
Vakolatli iqtisodiy operatorlar bo‘yicha o‘zaro axborot almashishning Texnik shartlarini imzolashdi.
Hozirda postning kirish va chiqish yo‘laklarida rekonstruksiya hamda kapital ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilib, asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish jarayonida xizmat faoliyati, fuqarolar va haydovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar,
shuningdek postning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligiga e'tibor qaratildi va zarur topshiriqlar berildi.
Ishchi guruh postga tutash hududda barpo etilayotgan «O‘zbekiston–Turkmaniston»
erkin savdo zonasidagi qurilish jarayonini ham ko'zdan kechirdi.
3,1 gektar maydonni qamrab olgan mazkur savdo maydoniga kelgusida o'rnatiladigan
bojxona nazorati uchun zarur texnik vositalar va ularning joylashuvi muhokama qilindi.
Xizmat safari doirasida O.Ibragimov Xiva shahridagi nogironligi bo‘lgan erkaklar uchun mo‘ljallangan «Muruvvat» internat uyida ham bo‘ldi.
Hozirda mazkur maskanda 323 nafar fuqarolarimiz istiqomat qilmoqda, ularni 219 nafar muassasa xodimlari parvarish qiladi.
O‘rganishlar davomida tarbiyalanuvchilar va muassasa xodimlari bilan muloqot qilinib, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, qurilishi rejalashtirilayotgan ma’naviyat xonasi va sport zali,
qayta ta’mirlanishi ko‘zda tutilgan kir yuvish xonasiga oid masalalar muhokama qilindi.
Muassasa mas’ullarining fikr va takliflari tinglanib, zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
“Bojxona-servis” davlat muasassasi tomonidan tashkil etilgan auksion orqali "CIMC" "QCC3312N656" rusumli,
2021 yilda ishlab chiqarilgan musodara qilingan yuk avtomobili sotuvga qo'yildi.
Marka: CIMC
Modeli: QCC3312N656
Yili: 2021
Turi: Yuk avtomobili
Bosilib o'tgan masofa: 0 km
Dvigatel: YC6K1034N-50
Ot kuchi: 340
Rangi: Shampan oltin
Boshlang'ich narx: 395 798 699 so'm
Auksionda ishtirok etish va qo'shimcha ma'lumot olish uchun bevosita "Bojxona-Servis" DMga murojaat qiling.
Murojaat uchun: +998700417471 Bojxona-Servis DM
Batafsil ma'lumot
✔️ 118 ta VIP o‘rinlari va yuqori darajadagi mehmonlar uchun 23 ta o‘rin ajratilgan.
✔️ Ommaviy axborot vositalari vakillari va translyatsiyalar uchun alohida 3 ta maxsus xonalar mavjud.
✔️ 126 o‘rinli konferensiya zali esa musobaqa oldi, uning jarayonidagi yoki yakunidagi turli tadbir va yig‘ilishlarni o‘tkazish uchun shay holatda.
✔️Olimpiya stadionida yengil atletika musobaqalari uchun ham zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan xalqaro darajadagi yugurish yo‘lagi foydalanishga topshirilgan,
mazkur yugurish yo‘laklarining rezina qoplamasi Jahon yengil atletika federatsiyasi rasmiy yetkazib beruvchilaridan biri hisoblanadigan italyan kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
✔️ Kompaniya mahsulotlari hozirgi kunda jahonning 2000 dan ortiq yengil atletika stadionlarda foydalanilib, 2008-yilgi Pekin, 2012-yilgi London, 2016-yilgi Rio-de-Janeyro va
2021-yilgi Tokio Olimpiya o‘yinlarida asosiy yugurish yo‘lakchalari sifatida tanlangan. Yuzlab jahon va qit’a rekordlari ham aynan ushbu kompaniya qoplamalarida o‘rnatilgan.
✔️ Mazkur stadionda jahon chempionati, Brilliant ligasi, paraatletika bahslari, ko‘zi ojizlar o‘rtasida IBSA o‘yinlarini tashkil etish mumkin.
✔️Boshqa paytlarda stadiondan mahalliy o‘quv-yig‘inlar, amaliy mashg‘ulotlar orqali dual ta’limda foydalaniladi.
Batafsil
Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarish imkoniyati yuqori bo‘lgan, ammo eng ko‘p import qilinayotgan tovarlar namoyish qilinadi.
✔️ Ko‘rgazma o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagidagi tadbirkorlarga ichki bozorda import tovarlariga nisbatan
real ehtiyoj hajmi bilan tanishish orqali o‘z bizneslarini yanada kengaytirish imkonini beradi!
✔️ Shuningdek, ko‘rgazmaga tashrif buyurgan ishtirokchilar nufuzli xorijiy brendlar va trans milliy kompaniyalar vakillari bilan
B2B shaklidagi to‘g‘rida to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishlari mumkin.
✔️ Ko‘rgazmada taklif etilgan tijorat banklari esa import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarishni
moliyalashtirish bo‘yicha o‘z takliflari bilan ishtirok etishadi.
✔️ Ko‘rgazma doirasida sanoatning 24 ta sohasida ishlab chiqarishni kengaytirish hamda mahalliy kontentni rivojlantirish,
bu boradagi muammolarni tizimli tahlil qilish va samarali yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan panel sessiyalari tashkil qilinadi.
✔️ Mazkur sessiyalardagi muhokamalarda ilmiy qatlam va turli aql markazlari vakillari, xalqaro ekspertlar, mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari,
tegishli mutaxassislari hamda yirik tadbirkorlar ishtirok etadi.
Ko‘rgazma 2025-yilning 7-9-oktabr kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazma maydonining 3- va 4-pavilonlarida bo‘lib o‘tadi!
Ko‘rgazmada ishtirok eting va mahalliy kontent rivojiga o‘z hissangizni а!
📞Murojaat uchun telefon: 11-08 (Bojxona qo‘mitasining Call-markazi), +99890 176-33-99, +99893 001-50-09
Shu munosabat bilan Bojxona qo‘mitasida GIZ vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvda bojxona organlari faoliyatiga tadbiq qilingan axborot tizimlaridagi mavjud maʼlumotlar bazasi ko‘magida sunʼiy intellekt elementlari orqali jarayonlarni yanada soddalashtirish istiqbollari haqida so‘z yuritildi. Bojxona qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari G‘.Nasirov mehmonlarni tashrif bilan qutlar ekan, O‘zbekistonda savdo tartibotlarini soddalashtirish, bojxona maʼmuriyatchiligining innovatsion usullarini joriy etish, bojxona xizmati faoliyatini raqamlashtirish borasida qator yutuq va tajribalar qo‘lga kiritilgani, bunda esa Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan hamkorlikning o‘ziga xos hissasi borligini mamnuniyat bilan qayd etdi. GIZ loyihasi xalqaro eksperti Jonatan Kox o‘z navbatida Bojxona qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, hamkorlikni izchil davom ettirish muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlab o‘tdi. Loyiha mintaqaviy vakili Asel Uzagaliyeva mazkur seminardan kutilayotgan natijalar, missiyaning asosiy maqsadi va ko‘rib chiqiladigan masalalar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berdi. Uchrashuvda bojxona organlarida sunʼiy intellekt yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, ilg‘or xorijiy tajribalar o‘rganildi, shuningdek bojxona tizimida sunʼiy intellektni joriy etish borasidagi mavjud xolat tahlil qilinib, istiqboldagi loyihalar muhokama qilib olindi.
Shu munosabat bilan tashkil qilingan uchrashuvda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan so‘nggi yillarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xususan ayollarni ishbilarmonlikka jalb qilish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi. Natijada, so‘nggi 8 yilda O‘zbekistonda tadbirkor ayollar soni 2 barobar ko‘payib, mamlakatimizda tadbirkorlarning 40 foizdan ortig‘ini ayollar tashkil etmoqda. Uchrashuvda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida bojxona organlari tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tildi. Taʼkidlanganidek, so‘nggi yillarda sohani takomillashtirishga oid 60 ta normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, 35 ta yangi axborot tizimlari, 41 ta interaktiv xizmatlar, 11 ta mobil ilovalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi. Tadbirkorlik subyektlariga yana-da yengillik yaratish maqsadida ishga tushirilgan “Eksport uch qadamda” dasturi natijasida esa ilgari 9 ta bosqichdan iborat bo‘lgan jarayonlar 3 barobarga qisqardi. Sohani raqamlashtirish hisobiga eksport hamda import deklaratsiyalarining 80 foizdan ortig‘i soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilmoqda. Bunda inson omilisiz rasmiylashtirish hajmi eksportda 60 foizni, importda esa 40 foizni tashkil qilmoqda.
Eslab qoling, bojxona organlari tomonidan muqaddam noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan va sud qarori asosida davlat egaligiga o‘tkazilgan tovarlar sotuvi faqatgina "Bojxona servis" davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun mazkur muassasaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar markazlarida rasmiy do‘konlari faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, "Bojxona-servis" davlat muassasasi tomonidan bu kabi tovarlar yarmarkasi ham tashkil qilib boriladi.
❗️ Shunday ekan, Sizdan obunachilar yig‘ish evaziga musodara tovarlarni arzon sotib olish taklifini bildiruvchi turli kanallarga aslo ishonmaslikni so‘raymiz! Murojaat uchun telefon: +998 70 041-74-71 "Bojxona servis" DMMahsulot xaridi bo'yicha istalgan savollaringizga javob berishga tayyormiz. Biz siz bilan ishlaganimizdan mamnunmiz. Biz bilan bog'langaningiz uchun tashakkur !!!
Biz doim yuksaladiganlar bilan birgamiz